» » Mirobod dehqon bozori yaqinida o‘g‘irlangan velosiped kuzatuv kameralari yordamida sanoqli daqiqalarda topildi

Mirobod dehqon bozori yaqinida o‘g‘irlangan velosiped kuzatuv kameralari yordamida sanoqli daqiqalarda topildi


Mirobod tuman Ichki ishlar oganlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi (IIO FMB)ga 12-iyul kuni soat 12:15 larda narxi 3,2 million so‘m bo‘lgan velosiped o‘g‘irlangani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Velosiped egasi, 56 yoshli Fedel X. uni Mirobod dehqon bozori yonidagi do‘konlardan birining yonida qoldirgan edi. Biroq do‘kondan chiqqach, velosiped joyida yo‘qligini ko‘rib, “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qildi.

Ushbu xabar tezlikda hududga biriktirilgan profilaktika inspektori va ichki ishlarning boshqa tezkor guruhlariga yetkazildi. O‘g‘rilik shu joyga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga muhrlangan bo‘lib, noma’lum shaxsning begona velosipedga minib ketgani aniq ko‘rindi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumondor — Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 19 yoshli Begzod M. sanoqli daqiqalardan so‘ng o‘g‘irlangan velosiped bilan qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют