» » Kattaqo‘rg‘on shahrining bosh militsioneri o‘zgardi

Kattaqo‘rg‘on shahrining bosh militsioneri o‘zgardi


Farhod Jo‘rayev Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati. Jo‘rayev ushbu lavozimda Ilyos Abduqahhorovni almashtirdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi shu bo‘lim tezkor vakili — San’at Umarov bir ayolni tahqirlab, uni qip-yalang‘och qilib yechintirayotgani aks etgan video tarqalib ketgach, yomon tomondan tanilgan edi. Iyun oyi boshida yuz bergan voqea oradan bir oy o‘tgach, videorolik internetda e’lon qilinganidan so‘ng ma’lum bo‘lgandi.

San’at Umarovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, uning o‘zi qamoqqa olingan, shahar IIB rahbariyatiga nisbatan esa xizmat tekshiruvi boshlangan edi. Voqea jamoatchilikning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют