» » O‘zbekistonda axborot sohasi xodimlarining maoshi eng tez sur’atlarda ortmoqda

O‘zbekistonda axborot sohasi xodimlarining maoshi eng tez sur’atlarda ortmoqda


O‘zbekistonda axborotlashtirish va aloqa sohasi xodimlarining oyligi eng tez sur’atlarda ortmoqda. Bu haqda Statistika qo‘mitasiga tayanib, Spot xabar berdi.

2018-yilning birinchi yarmida mazkur soha xodimlarining o‘rtacha ish haqida 3,03 million so‘mni tashkil qildi. O‘tgan yilning mos davriga solishtirganda o‘sish sur’ati 32,9 foizga teng.

Keyingi o‘rinda sanoat sohasi vakillari. Ularning o‘rtacha ish haqi 2,4 million so‘mni tashkil qiladi. O‘sish sur’ati — 30,2 foiz. Qurilish sohasi vakillarining o‘rtacha maoshi 1,9 million so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan yilgiga nisbatan 26,4 foiga ortgan.

Oyliklarning ortishi bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar savdo (11,7 foiz), ta’lim (15,2 foiz), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida (16,8 foiz) qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют