» » Samolyotda uchish qiyinchiliklarini yengish yo‘llari

Samolyotda uchish qiyinchiliklarini yengish yo‘llari


Agar siz hech qachon samolyotda uchmagan bo‘lsangiz va bu voqea salbiy oqibatlarsiz kechishini xohlasangiz, sizga bu borada bir necha maslahatlar bermoqchimiz.

Uchish oldidan asablarni tinchlantirish uchun to‘yib uxlab olish maqsadga muvofiqdir.

Tomirlaringiz bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa yaxshisi, uchish oldidan shifokor bilan maslahatlashganingiz ma’qul.

Uchish oldidan gazli ichimliklar ichmaslikka harakat qiling. Uchish paytida esa iloji boricha ko‘proq suyuqlik iching.
Qahva yoki choy asab tizimiga nojo‘ya va xavotir hissini uyg‘otuvchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun uchish paytida ichish tavsiya qilinmaydi.

Oyoq kiyimni yeching. Oyoq kaftlarini massaj qiling. Har soatda o‘rindiqdan turing va harakatlaning.

Boshga va bo‘yinga qulaylik to‘g‘dirish uchun maxsus yostiqchadan foydalaning.

Agar uchish va qo‘ndirish paytlarida quloqlaringiz bitib qolsa maxsus konfetlardan shiming.

Bu maslahatlarimiz yordamida siz yo‘lni qiyinchiliklarsiz uchib o‘tasiz va kuchga to‘lgan holda yaxshi kayfiyat bilan manzilingizga yetasiz deb umid qilamiz.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют