» » Toshkentda 13-iyul kuni fuqarolarning avtomobil bilan bedarak yo‘qolishiga oid 3 ta holat qayd etildi

Toshkentda 13-iyul kuni fuqarolarning avtomobil bilan bedarak yo‘qolishiga oid 3 ta holat qayd etildi


Toshkent shahrida 13-iyul kuni fuqarolarning avtomobil bilan bedarak yo‘qolishiga oid 3 ta holat qayd etildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Chilonzor tumanida 13-iyul kuni Future Road Taxi MChJ ishchisi IIBga murojaat qilib, shu yil        1-iyul kuni mazkur korxona haydovchisi, Uchtepa tumanida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan Dilmurod Vohidov boshqaruvidagi davlat raqami 01 534 TTF bo‘lgan Nexia rusumli mashinasida MChJ binosidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qildi.

Uchtepa tumanida 13-iyul kuni A.Yu. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 12-iyul kuni birga yashovchi o‘g‘li, 1996-yilda tug‘ilgan Sardor Sherboyev boshqaruvidagi davlat raqami 01 A 459 SV bo‘lgan Damas avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini bildirdi.

Yashnobod tumanida 13-iyul kuni Aviasozlar dahasida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, shu yil 11-iyul kuni birga yashovchi 20 yoshli o‘g‘li Shahzod Abdullajonov davlat raqami 01 R 280 WA bo‘lgan boshqaruvidagi Matiz avtomobilida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganligini ma’lum qilgan.

Ularni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Ism-shariflari qayd etilgan fuqarolar va ularning boshqaruvida bo‘lgan mashinalar haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlari yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют