» » Toshkent viloyatida pnevmatik to’pponchadan 2 kishini jarohatlagan shaxs qidirilmoqda

Toshkent viloyatida pnevmatik to’pponchadan 2 kishini jarohatlagan shaxs qidirilmoqda


Toshkent viloyatining O’rtachirchiq tumanida 12-iyul kuni pnevmatik to’pponchadan 2 kishini jarohatlagan shaxs qidirilmoqda, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Dashnobod” QFY Bayrapush ko’chasi raqamsiz uyda yashovchi, “Toshkent dengizi” dam olish maskanida xizmat ko’rsatuvchi “Hayrixon omad-savdo” MChJ ishchisi, 1992-yilda tug’ilgan Akobir Ro’zimboyev, dam olish maskan hududida joylashgan avtoturargohda, bezorilik oqibatida yonida bo’lgan pnevmatik to’pponchadan shu avtoturargohda yollanib ishlayotgan M.Z. va F.I.larga o’q otib jarohat yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. Natijada jarohat olgan ikki nafar ishchilarga tibbiy yordam ko’rsatilgan. Akobil Ro’zimboyevni ushlash choralari ko’rilgan.

Fuqarolardan, Akobil Ro’zimboyevni qaerdaligi yoki u haqida biron ma’lumotga ega bo’lganlar ichki ishlar organlarining hududiy bo’limlariga yoki “102” telefon raqamlariga qo’ng’iroq qilib, xabar berishlari so’ralagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют