» » 2018-yili O‘zbekiston eksportga nisbatan 2 milliard dollarga ko‘proq import qildi

2018-yili O‘zbekiston eksportga nisbatan 2 milliard dollarga ko‘proq import qildi


2018-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston eksportga nisbatan 2 milliard dollarga ko‘proq import qildi. Bu haqda Statistika qo‘mitasiga tayanib, Spot xabar qildi.

Yanvar-iyun oylarida tashqi savdo aylanmasi 17,7 milliard dollarni tashkil qildi. Bundan eksport — 7,8 milliard dollar, import 9,9 milliard dollarga teng bo‘ldi.

Tashqi savdo saldosi minus 2,1 milliard dollarni tashkil qildi.

Energiya tashuvchilari va neft mahsulotlari eksporti 2017-yilning mos davriga nisbatan 78,5 foizga ko‘proqni tashkil qildi. Importda asosiy ulush mashina va uskunalar hissasiga to‘g‘ri keldi (33,8 foiz). Import tovarlarining 11,5 foizi kimyoviy mahsulotlardir.

Tashqi savdo bo‘yicha MDHda Rossiya, Qozog‘iston, Belarusiya, Tojikiston O‘zbekistonning asosiy hamkorlari bo‘lib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining 28,4 foizi aynan ushbu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, Afg‘oniston, Germaniya, AQSh, Latviya, Eron, Fransiyadan keladigan mahsulotlar umumiy importning 33,8 foizini tashkil qildi.

O‘zbekiston mahsulotlari eksport qilinuvchi asosiy mamlakatlar qatorida Xitoy, (16,7 foiz), Rossiya (13,1foiz), Qozog‘istonni (9 foiz) keltirish mumkin. Import tovarlari yuboriladigan asosiy davlatlar esa Rossiya (18,3 foiz), Xitoy (15,2 foiz) va Qozog‘istondir (7,4 foiz).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют