» » Deputatlar bojxona xizmati va qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi

Deputatlar bojxona xizmati va qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi


Deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 14-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

Deputatlar o‘z ishlarini yangi tahrirdagi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdan boshladi.

Ushbu qonun loyihasi bilan bojxona organlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qat’iy rioya qilish ishiga doir normalar belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun bojxona organlari xodimlarining javobgarligini oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash hamda bojxona ishini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari takomillashishiga, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini samarali ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha huquqiy mexanizmlarning joriy etilishiga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zolaridan iborat bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilib, muhokamaga kiritilgan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlarini huquqiy tartibga solish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvining huquqiy asoslarini belgilash nazarda tutilgan.

Deputatlarning fikr-mulohazalariga ko‘ra, qonun loyihasining qabul qilinishi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish imkonini beradi.

Siyosiy partiyalar fraksiyalarining qizg‘in bahs-munozalaridan so‘ng har ikki qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi va mas’ul qo‘mitalarga muhokamalar chog‘ida bildirilgan fikr-mulohaza va takliflarni inobatga olgan holda, ikkinchi o‘qishga tayyorlash vazifasi yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют