» » UMS mobil aloqa operatori rahbariyati yangilandi

UMS mobil aloqa operatori rahbariyati yangilandi


Sirojiddin Faxrutdinov UMS mobil aloqa operatori bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Sirojiddin Faxrutdinov Toshkent elektrotexnika aloqa instituti bitiruvchisi, ixtisosligi bo‘yicha aloqa muhandisi. UMS bosh direktori lavozimiga tayinlanishidan oldin “O‘zbektelekom” AK tarkibiga kiruvchi telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarish, elektron-texnik mahsulotlarni tadqiq qilish, loyihalashtirish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TELMAX ELECTRONIKS MChJga rahbarlik qilgan. Avvalroq “Koinot” OAJni boshqargan.

Ikki yildan ko‘proq faoliyati davomida UMS rivojlanishning zarur pog‘onasiga yetdi va qat’iy raqobat sharoitida aholiga kerakli mahsulot va xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Kompaniya o‘z rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni davom etadi va O‘zbekiston hududlariga kirib borishni kengaytirish, aloqa va internet sifatini yanada oshirish, mijozlarbop takliflarni ishlab chiqish va joriy qilishga alohida e’tibor qaratadi.

Sirojiddin Faxrutdinov, UMS bosh direktori

Sobir Aripov UMS texnik direktori etib tayinlandi.

Sobir Aripov ham Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. UMS MChJga kelishdan avval Huawei Tech Investment Tashkent MChJ direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, undan avval Huawei Technologies vakolatatxonalarini ochish hamda Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan.

Hozirgi kunda kompaniya texnik jihatdan juda katta marralarga erishishni ko‘zlamoqda. Tarmoq radioqamrovi hududini yanada kengaytirish va xizmatlarimizdan iloji boricha ko‘proq aholi foydalana olishga sharoit yaratish bo‘yicha keng qo‘lamdagi dastur amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tarmoqni rivojlantirish uchun eng zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish sifatini yaxshilash ishlari davom etmoqda.

Sobir Aripov, UMS texnik direktori

Ma’lumot uchun, Universal Mobile Systems kompaniyasi 2014-yilning 1-dekabrida tijoriy faoliyatini boshlagan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye” DUK kompaniya ta’sischisi hisoblanadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 125) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют