» » Yuridik shaxslar bankka tashrif buyurmasdan bank hisoblarini ochish huquqini qo‘lga kiritadi

Yuridik shaxslar bankka tashrif buyurmasdan bank hisoblarini ochish huquqini qo‘lga kiritadi


Yuridik shaxslar bankka tashrif buyurmasdan bank hisoblarini ochish huquqini qo‘lga kiritadi. Bu Prezidentning O‘zbekistonning Jahon banki va “Biznes yuritish” xalqaro moliyaviy korporatsiyasi hisobotidagi reytingini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi Spot.

Qaror bilan aniq choralar, muddatlar va ijrochilar ro‘yxati keltirilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Bo‘limlardan biri biznesni ro‘yxatga olish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan.

Jumladan, sentabr oyida yuridik shaxslar ro‘yxatga olish jarayonida bank hisoblarini masofadan turib ochish huquqiga ega bo‘ladi. Buning uchun ularning ta’sischilari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi lozim.

Shu maqsadda arizachilarni sirtdan identifikatsiya qilish uchun Noqonuniy pullarni “yuvish”ga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiqish guruhi (FATF) talablariga muvofiq maxsus shart-sharoitlar yaratiladi.

Hozirda jismoniy shaxslar banklarda masofadan turib omonatlar ochishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют