» » Sherzod Qudratxo‘jayev: Yangi universitetda abituriyentlardan taniqli jurnalistlar ijodiy imtihon oladi

Sherzod Qudratxo‘jayev: Yangi universitetda abituriyentlardan taniqli jurnalistlar ijodiy imtihon oladi


O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev “O‘zbekiston 24” radiokanalida “Praym Taym” jonli efir muloqoti mehmoni bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Efir davomida Sherzod Qudratxo‘jayev yangi tashkil etilgan universitetga 13-iyul sanasi ma’lumotiga ko‘ra 500 nafarga yaqin abituriyent topshirganini ma’lum qilgan edi. Shundan buyon o‘tgan ikki kun ichida esa bu raqam 700 ga yaqinlashgan.

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida ilk o‘quv yilida bakalavr yo‘nalishi uchun 100 ta va magistratura yo‘nalishiga 30 ta, shuningdek, 50 ta sirtqi o‘qish uchun o‘rin ajratilgan. Undan tashqari boshqa soha vakillari uchun maxsus ikkinchi mutaxassislik sifatida Oliy jurnalistika kurslari tashkil etilgan. Bu yo‘nalishga 6 o‘rin ajratilgan.

Shuningdek, superkontraktlar ham bo‘lishi kutilmoqda.

Test sinovlari va ijodiy imtihonlar umumiy katta zalda (Ekspomarkaz) o‘tkaziladi.

Ijodiy imtihonlar va suhbatni oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari emas, davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarining tajribali vakillari o‘tkazadi. Qudratxo‘jayevning aytishicha bu yo‘l bilan ijodiy imtihonlarning shaffofligiga erishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют