» » Damashq yaqinida jangarilar uchun taslim bo‘lish punktlari ochilishi ma’lum qilindi

Damashq yaqinida jangarilar uchun taslim bo‘lish punktlari ochilishi ma’lum qilindi


Suriya hukumati tomonidan e’lon qilingan amnistiya doirasida Damashq yaqinidagi bir necha yil davomida janglar olib borilgan Sharqiy Guta tumanida jangarilar uchun taslim bo‘lish punktlari ochiladi. Bu haqda Rossiyaning qarama-qarshi tomonlarni yarashtirish markazi zobiti Aleksandr Blinkov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Hozirda jangarilarni gumanitar yo‘lak orqali chiqishi masalasida muzokaralar olib bormoqdamiz. Jangarilar o‘zlarining huquqiy maqomiga aniqlik kiritish istagida ekanligi haqida ma’lumotlar bor. Qolaversa, Suriya prezidenti Bashar Asad amnistiyani shu yil 30-iyungacha uzaytirish haqida farmon qabul qildi.

Aleksandr Blinkov, Rossiyaning qarama-qarshi tomonlarni yarashtirish markazi zobiti

Punktlarda jangarilar qurollarini topshirishi va aholi manzillarini himoya qilish otryadlariga yozilishi mumkin. Ularda mahalliy aholi zarur yordam olishi mumkin bo‘lgan tibbiyot punktlari ham joylashgan.

Maxsus targ‘ibot otryadlari shakllantirilgan bo‘lib, ular varaqalar va ovoz kuchaytirgichlar yordamida amnistiya haqida ma’lumot tarqatish bilan shug‘ullanadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют