» » Fransiya Xorvatiyani taslim etib, o‘z tarixida 2-marta Jahon chempioni bo‘ldi

Fransiya Xorvatiyani taslim etib, o‘z tarixida 2-marta Jahon chempioni bo‘ldi


Bugun, 15-iyul sanasida futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida 1 oydan beri davom etayotgan 2018-yilgi Jahon Chempionatining final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Final uchrashuvida Jahon chempionligi uchun Fransiya hamda Xorvatiya terma jamoalari kurash olib bordi. O‘yinga Moskvadagi “Lujniki” stadioni mezbonlik qildi.

Bellashuvda hisob 18-daqiqada ochildi. Antuan Grizmanning jarimadan uzatgan to‘pini kutilmaganda Mario Manjukich o‘z darvozasiga burib yubordi. 28-daqiqaga kelib, Ivan Perishich kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa uchrashuv bosh hakami Nestor Pitana VAR tizimi orqali Xorvatiya darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa Grizmann aniq amalga oshirdi. Birinchi bo‘lim 2:1 hisobida Fransiyaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Pol Pogba aniq zarbasi bilan hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Kilian Mbappe ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 69-daqiqada Mario Manjukich Ugo Lyorisning xatosidan foydalanib, hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa final bahsi fransuzlarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bu g‘alaba esa Fransiyani 2-marta Jahon chempioni bo‘lishni ta’minladi. Fransuzlar birinchi marta 1998-yilgi Jahon Chempionatida g‘alaba qozongan edi.

Jahon Chempionati

Final

15-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 – 18, avtogol Manjukich, 1:1 – 28 Perishich, 2:1 – 38, penalti Grizmann, 3:1 – 59 Pogba, 4:1 – 65 Mbappe, 4:2 – 69 Manjukich.

Fransiya: Lyoris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante (Nzonzi, 55), Pogba, Matyuidi (Tolisso, 73), Grizmann, Jiru (Fekir, 81), Mbappe.

Xorvatiya: Subashich, Lovren, Strinich (Pyatsa, 81), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Kramarich, 71), Mandjukich.

Ogohlantirishlar: Kante (27), Lyuka Ernandes (41), Vrsalko (90)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют