» » Toshkentda Samsung Galaxy J6 sotuvga chiqdi

Toshkentda Samsung Galaxy J6 sotuvga chiqdi


Toshkentda Samsung Galaxy J6 sotuvga chiqdi, deb yozmoqda “Mobinfo.uz”.

Texnik jihatdan model Galaxy J4 smartfoniga o‘xshab ketadi. Smartfon hoshiyasiz 5,6 dyuymli Super AMOLED displey ega. 1480 x 720 pikselli displeyning o‘lchamlari — 18, 5:9. Yangi qurilmaning asosini Exynos 7870 protsessori tashkil etadi.

Smartfon 3 Gb operativ va 32 Gb flesh-xotiraga ega. Bundan tashqari, smartfonga microSD karta ham joylashtirish mumkin. Shuningdek, Galaxy J4’ga 2 ta SIM o‘rnatish mumkin. Smartfon kameralari 13 va 8 megapiksel imkoniyatga ega.

Galaxy J4 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Smartfonning o‘lchamlari — 149,3 х 70,2 х 8,2 mm. Galaxy J4’ning og‘irligi 154 grammga teng. Qurilma Android Oreo operatsion tizimida ishlaydi. Smartfonning qora va tillarang modellari sotuvga chiqqan.

Galaxy J6 foydalanuvchining yuzini eslab qolish va barmoq izini skanerlash funksiyalariga ega. Shuningdek, smartfonning maxfiy papkasi bor. Ya’ni, foydalanuvchi surat, dastur, hujjat yoki audio fayllarni maxsus kodlangan papkada saqlashi mumkin.

Toshkentdagi savdo markazlarida Samsung Galaxy J6 bir yillik kafolati bilan 1,677,000 so‘mdan sotilmoqda.

Nomi keltirilgan qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 39) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют