» » Qozog‘istonlik kal kelin internetda tanqidga uchradi (video)

Qozog‘istonlik kal kelin internetda tanqidga uchradi (video)


Internetning Qozog‘iston segmentida noodatiy ko‘rinishga ega kelin ishtirokidagi to‘y videolari ommalashdi, deb yozmoqda “Nur.kz”.

Gap shundaki, kelin odatda to‘y uchun tanlanadigan dabdabali soch turmagini emas, kalta qirqilgan sochlarni afzal ko‘rgan.

Marosimning turli qismlaridan tasvirga olingan videolar bir zumda ijtimoiy tarmoqda ommalashib ketgan. Ko‘plab foydalanuvchilarni kelinning deyarli kal ekani taajjubga solgan.

“Bizning mentalitetimiz boshqa, tarbiyamiz boshqa. Qaysi davrda yashamaylik, biz Yevropa emasmiz!”, – deya foydalanuvchilardan biri kelinni tanqid qilgan.

“Mening bir qizim va ikki o‘g‘lim bor. Mening oilamga kal kelin kelishini istamagan bo‘lardim”, – deb boshqa foydalanuvchi tanqidlarga qo‘shilgan.

Biroq kelinning tarafini olgan foydalanuvchilar ham topildi.

“Zo‘r qiz! Soch turmagi ham yarashgan! Bu –uning kuni. Kuyov va oilasi uni shundayligicha tanlagan. Yoshlar baxtli bo‘lsin”, – deydi kelinga xayrixoh foydalanuvchi.

Videoga kelinning o‘zi ham Instagram orqali munosabat bildirgan: “Bu muammo emas. Bu shunchaki soch. O‘zim istaganim uchun sochimni qirdirib tashladim”.

Нормально, 21-век)??????? @ztb_kz @ztb_kz @ztb_kz

A post shared by ????????© ZTB.KZ 2018 (@ztb_video) on



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют