» » Yer yaqinidan 2 ta jismli asteroid uchib o‘tdi

Yer yaqinidan 2 ta jismli asteroid uchib o‘tdi


NASA mutaxassislari Yer yaqinidan 2 ta asteroid uchib o‘tganini aniqladi. YE5 asteroidi 2 obyektli sistema ekani ma’lum qilindi, deb yozmoqda “Nauka”.

YE5 dastlab 2017-yil 21-dekabrda aniqlangan. 2018-yilning iyunida asteroid Yerga eng yaqin masofada yaqinlashgan. O‘shanda Yer va asteroid o‘rtasidagi masofa 6 million kilometrni tashkil qilgan. Bu Yer va Oy o‘rtasidagi masofadan 16 barobar ko‘proqdir. Tadqiqotlar asteroidning bir-biri atrofida aylanuvchi 2 obyektdan iborat tizim bo‘lganini tasdiqlagan.

NASA asteroidning yaqindan olingan suratlarini e’lon qilgan. Suratlarda bir-birining atrofida aylanuvchi 2 kosmik jism aks etgan. Dastlab olimlar bu jismlarni 2 ta mustaqil asteroid emas, yaxlit 1 ta obyekt, degan yanglish xulosaga kelgan edi.

NASA ma’lumotlariga qaraganda, asteroid bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Avvalo, boshqa asteroidlardan farqli ravishda, YE5 tim qora rangga ega. Mutaxassislarning fikricha, asteroid yana 170 yil davomida Yerga yaqinlashmaydi. YE5 misolida olimlar 2 obyektli kosmik jismlarni batafsilroq o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют