» » Amerikalik samolyot uchuvchisi yo‘lovchilar oldida Donald Tramp va Hillari Klintonni haqoratladi (video)

Amerikalik samolyot uchuvchisi yo‘lovchilar oldida Donald Tramp va Hillari Klintonni haqoratladi (video)


Yo‘lovchilar bilan o‘z muammolari haqida gaplashishga qaror qilgan United Airlines uchuvchisi reysdan olib tashlandi. Mazkur holat AQShning Texas shtatidagi Ostina shahridan San-Fransiskoga uchishi kerak bo‘lgan samolyot bortida sodir bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Samolyot saloniga kundalik libosda kirgan uchuvchi baland ovozli aloqada gapira boshladi. Avvaliga u yo‘lovchilardan forma kiyishi shartligi yoki shu kiyimda ham uchaverishi mumkinligi borasida ovoz berishlarini so‘radi. Shundan so‘ng ayol o‘zining ajrashgani haqida gapirib berdi.

Shuningdek, uchuvchi prezidentlik saylovida Donald Trampga ham, Hillari Klintonga ham ovoz bermaganini ma’lum qilib, ularni haqoratladi.

Uchuvchining nutqi davomida 20 ga yaqin yo‘lovchi o‘zini bunday kapitan bilan xavfsizlikda his qilmayotganini aytib, samolyotni tark etdi.

Natijada United Airlines uchuvchi ayolni samolyot bortidan tushirib yuborib, reysni boshqa kapitanga topshirdi. Samolyot ikki soat kech parvoz qildi.

Aviakompaniya vakili uchuvchi ayol samolyot bortiga haqiqatdan ham kundalik libosda kirganini tasdiqladi. Biroq bu qanday sodir bo‘lganiga aniqlik kirita olmadi.

United Airlines sodir bo‘lgan hodisa haqida kapitan ayol bilan gaplashib olishga va’da berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 141) ( 0) ( 139) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют