» » Samarqand shahridagi toza ichimlik suvi ifloslanmoqda. Bu ayanchli holga kim javob beradi? (foto)

Samarqand shahridagi toza ichimlik suvi ifloslanmoqda. Bu ayanchli holga kim javob beradi? (foto)


Samarqand shahar “So‘g‘diyona” massividagi Abu Bakr Roziy nomli ko‘cha o‘tgan yili yo‘lchilar tomonidan qayta ta’mirlangan edi. Mana 4 oydirki shu ko‘chaning qoq markazidan o‘tuvchi toza ichimlik suvi quvurlari yorilib, ravon yo‘llar yana eski holatiga kelib qolgan, deb xabar bermoqda “Daryo muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

“Ushbu suv quvurining yorilganiga 4 oy bo‘ldi. O‘tgan shuncha vaqt mobaynida behudaga oqib yotgan suv hech kimni tashvishga solmayapti. Aytmagan odamimiz, murojaat qilmagan eshigimiz qolmadi. Katta sun’iy tarzda paydo bo‘lgan hovuz axlatxonaga aylandi. Bu yerdan oqib chiqayotgan tozza ichimlik suvidan biz foydalanamiz”, — deydi “Yangi obod” mahallasida yashovchi Shahnoza Abdurashidova.

“Yangi obod” mahallasidagi suv quvurining ushbu holatga kelib qolishi natijasida mahaladagi 16-17-18-ko‘p qavatli uylar, shuningdek 39-umumta’lim maktabi atrofi achinarli ahvolga kelib qolgan. Sun’iy tarzda tashkil etilgan hovuz turli xil chiqindilar bilan to‘ldirilib tashlanayotgani ham ikkinchi muammoni yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

“Ichadigan suvimiz ham ifloslangan. Noilojlikdan shu suvdan foydalanmoqdamiz. Oddiy odam oqib turgan suvga gilam yoki avtomashina yuvsa katta miqdorda jarima solishadi. Televizorda suvni isrof qilmaslik bo‘yicha turli e’lonlar beriladi. Ammo to‘rt oydan beri har kuni tonnalab oqib ketayotgan suvning isrof bo‘layotganligiga kim javob beradi? Ikki kun oldin kelganingizda bu yerdan oqib chiqqan suv katta ko‘l hosil qilganligiga o‘zingiz guvoh bo‘lardingiz. Kim o‘tsa chiqindi tashlab ketadigan joy bo‘lib qoldi”, — deydi Shahnoza Abdurashidova.

Mahalliy aholining aytishicha, ushbu ko‘chada ta’mirlash ishlari olib borilayotganda suv quvurlari noto‘g‘ri qo‘yilgan. Natijada yo‘lning ayrim qismlari cho‘kkan. Ko‘chaning qoq markazida “qaynar buloq”ning yuzaga kelishida ham quvurning noto‘g‘ri joylashishi sabab bo‘lgan. Shahar suvoqova tashkiloti nahotki shu holatdan bexabar bo‘lsa? Ular shunchalik ham o‘z vazifalariga ma’suliyatsizmi? Ularni nazorat qiladigan mutasaddi tashkilotlar qayerga qarayapti?

O‘ylaymizki, tez kunlarda Samarqand shahar hokimligi tomonidan Abu Bakr Roziy ko‘chasidagi holat atroflicha o‘rganilib, mavjud muammo o‘z yechimini topadi. “Daryo” internet nashri Abu Bakr Roziy ko‘chasidagi toza ichimlik suviga bo‘lgan e’tiborsizlik holatini kuzatib boradi va ko‘rilgan choralar bo‘yicha ma’lumot beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют