» » Peskov Rossiyaning Snoudenni AQShga berishga tayyorligi haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi

Peskov Rossiyaning Snoudenni AQShga berishga tayyorligi haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi


Rossiyaning Edvard Snoudenni AQShga berishga tayyorligi haqidagi gap-so‘zlar asossiz. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Yo‘q, bu haqda gap ham bo‘lishi mumkin emas. Aytmoqchimanki, bunday kelishuvlar mutlaqo o‘rinsiz”, — deydi Peskov ushbu savolga javob berar ekan.

Snouden 2013-yilda Amerika maxsus xizmatlarining elektron kuzatuv usullari, xususan xorijiy davlatlar yetakchilarining o‘zaro muzokaralarini noqonuniy eshitish haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilgan.

AQSh hukumati tomonidan ta’qibga uchrashidan qo‘rqib, Snouden 20 dan ortiq mamlakatlar, xususan Rossiyadan boshpana so‘ragan.

2014-yilning 1-avgustida u Rossiya federatsiyasida uch yil yashash huquqini qo‘lga kiritgan. Keyinroq muddat xuddi shuncha vaqtga uzaytirilgan.

AQShda Snouden josuslik haqidagi qonunning ikki moddasini buzganlikda ayblanmoqda. Ulardan har biri bo‘yicha Snoudenga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

AQSh hukumati bir necha marotaba Snoudenni sotqin deb hisoblashi hamda u milliy xavfsizlik manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgani uchun uni kechirmasligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют