» » OAV: Afg‘onistonda aviazarbalar natijasida kamida 20 terrorchi yo‘q qilindi

OAV: Afg‘onistonda aviazarbalar natijasida kamida 20 terrorchi yo‘q qilindi


Afg‘oniston markazidagi Uruzgan viloyatida mamlakat xavfsizlik kuchlari va xalqaro koalitsiyaning hamkorlikdagi aviazarbalari natijasida kamida 20 terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda TOLOnews telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Terrorchilar Trinkot shahrida bo‘lib turgandi. So‘nggi kunlarda berilgan aviazarbalar natijasida jami 43 terrorchi yo‘q qilindi va yaralandi. Yer va havo orqali berilgan zarbalar Trinkot shahrining bir nechta tumanini terrorchilardan ozod qildi.

Muhammad Noyob, Uruzgan viloyati ma’muriyati vakili

Ekspertlarning qayd etishicha, so‘nggi paytlarda ekstremistlar Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlarida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Dala qo‘mondonlari va “Tolibon” harakati jangarilari esa IShID terrorchilik guruhiga sodiqlikda tez-tez qasamyod qilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют