» » Azimjon Nazarov Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Azimjon Nazarov Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi


O‘zbekiston Prezidenti qaroriga ko‘ra Azimjon Nazarov Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

U shu paytga qadar Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi, vazirlik Tadqiqotlar va iqtisodiyot real sektoriga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.

42 yashar vazir o‘rinbosari 1997-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlar institutini va 2000-yili AQShning Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.

Davlatlararo koordinatsion suv xo‘jaligi komissiyasining ilmiy-axborot markazida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 10 yil davomida qishloq va suv xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy xavfsizlik, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish, institutsional tuzilish va shu kabi boshqa tarmoqlarda professional xizmatlarni taqdim etuvchi “Nazar Buisness and Technology” xususiy konsalting kompaniyasini boshqargan.

Innovatsiya vazirligidagi faoliyati davomida ko‘plab loyihalar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda katta hissa qo‘shdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют