» » “PSJ” — “Barselona”. Prevyu

“PSJ” — “Barselona”. Prevyu


5-fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi start oladi. Kunning nisbatan qiziqarli o‘yinida “Barselona” Parijda “PSJ” mehmoni bo‘ladi.

Bugun bir qator yetakchi futbolchilar o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi.

“PSJ” safida Tyago Motta diskvalifikatsiya muddatini o‘tashi kerak. Tyago Silva esa paylarini jarohatlab olgan. Xavyer Pastorening o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida.

“Barselona” safida Arda Turan, Xavyer Maskerano, Alesh Vidal kabi futbolchilar jarohat sabab bugungi uchrashuvni qo‘yib yuboradi.

UEFA jamoalarning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi. Haqiqiy tarkib uchrashuvga 1 soat vaqt qolganida aniq bo‘ladi.

“PSJ”: Trapp, Orye, Markinyos, Kimpembe, Maksvell, Veratti, Rabyo, Matyuydi, Lukas, Kavani, Draksler.

“Barselona”: ter Shtegen, Serxi Roberto, Pike, Yumtiti, Alba, Rakitich, Buskets, Inyesta, Messi, Suares, Neymar.

Bir yil muqaddam Luis Enrike va Unai Emeri “Barselona” — “Sevilya” to‘qnashuvlarida duch kelardi. Endi Emeri qo‘l ostida “Barsa”ga jiddiy raqobat tug‘dirishi mumkin bo‘lgan klub bor.

To‘qnashuv ajoyib o‘tishiga shubham yo‘q. Kerakli vaziyatlarda kim o‘zini yaxshiroq namoyon etsa, taktik jihatdan kuchli bo‘lsa va yakkakurashlarda ustunlik qilsa, omad unga kulib boqadi.

Biz nafaqat Yevropaning, balki jahonning eng kuchli jamoalaridan biriga raqib bo‘lmoqdamiz. Bunday imkoniyatni esa yo‘qqa chiqarmaslik kerak. Biz o‘zimizni kimdandir kuchsizroq deb hisoblamaymiz. Safimizda klub tarixiga yangi sahifa yozib qo‘yishni maqsad qilgan kerakli futbolchilar bor.

Unai Emeri, “PSJ” bosh murabbiyi

So‘nggi haftalarda “PSJ” yuqori saviyaga chiqib oldi. Biz yanada yaxshiroq o‘ynab, bu jamoani yutishimiz kerak.

Men Unaini bilaman, u hayotimizni qiyinlashtirish uchun hamma ishni qiladi. Biz to‘pni nazorat qilishga va golli vaziyatlarni yaratishga maksimum harakat qilamiz.

Bu stadionda bizga hech qachon oson bo‘lmagan. Unda “PSJ” oson taslim bo‘lmaydi va doim oxirigacha kurashadi. Raqib bizni juda yaxshi biladi. Ishonamanki, juda qiziq o‘yin bo‘ladi.

Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (14-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют