» » Toshkent shahar hokimligida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar hokimligida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi


Toshkent shahar hokimligida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalar jalb qilish hamda davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Ochiq eshiklar kuni” tarzida tashkil etilgan tadbirda poytaxtning 11 tumanidan 110 dan ortiq yirik loyiha ko‘rgazmasi namoyish etildi. Loyihalarni chuqur o‘rgangan Toshkent shahar hokimligi mutasaddi rahbarlari tadbirkorlar va investorlarga o‘z takliflarini berdi.

Tadbirda Toshkentning gullab-yashnashi, o‘zbek xalqining yanada farovon hayot kechirishi yo‘lida davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirish kutilgan ijobiy natijalarni berishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev qatnashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют