» » Xonanda Rayhon: Shahzoda bilan do‘stligimizni tiklash uchun hech birimiz harakat qilmayapmiz

Xonanda Rayhon: Shahzoda bilan do‘stligimizni tiklash uchun hech birimiz harakat qilmayapmiz


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon jurnalistlarning Shahzoda haqidagi savollaridan charchaganini ma’lum qildi. Xonanda bu haqda jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Avvalroq xonanda Shahzoda intervyularidan birida Rayhon bilan do‘stligini endi qaytarib bo‘lmasligi haqida aytib o‘tgan edi.

Qo‘shiqlar, ijod borasida millionlab savollar bo‘lishiga qaramay, doim intervyularda Shahzoda haqida so‘rayverishadi, tushunmayman. Nega qo‘shiqlarimni o‘zim yozishim haqida so‘rashmaydi? Boshqa xonandalarni gapga qo‘shaverishning nima keragi bor. Men boshqalarni do‘stlarim bilan, jurnalistlar bilan muhokama qilmayman. Shahzoda bilan esa do‘stligimizni qaytarib bo‘lmaydi. Do‘stlikni tiklash uchun hech qaysi birimiz harakat qilmayapmiz, chunki shuncha yillar o‘tdi, har ikkimizning sinalgan do‘stlarimiz yonimizda. Mening Shahzodaga munosabatim iliq va yaxshi, chunki baribir u o‘tmishda bo‘lsa-da, do‘stim edi. Unga eng ezgu tilaklarni yo‘llab qolaman.

Rayhon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Eslatib o‘tamiz, xonanda Rayhon 20—24-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

Mavzuga doir: Xonanda Rayhon: Oilam hazil-mutoyiba uchun mavzu bo‘lishini istamayman

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют