» » Rolls-Royce uchar taksilar bozoriga chiqadi

Rolls-Royce uchar taksilar bozoriga chiqadi


Buyuk Britaniyaning avtomobillar va aviadvigatellar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi yo‘lovchi tashish uchun yangi uchish apparati ishlab chiqaradi. Apparat asosiy raqobatchilar bo‘lgan Airbus va Uber’ning ishlanmalaridan farq qiladi — ular vertikal holatda uchadi va qo‘na oladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Konsepsiya EVTOL (Electric Vertical Take Off and Landing) nomini olgan. Yaratuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, EVTOL’ning qanotlari 90 darajaga burila oladi. Apparat dum qismidagi parrak bilan ko‘tarilayotgan vaqtda gorizontal uchish rejimida qarshilik va shovqinni kamaytirish uchun qanotlardagi parraklar harakatlanmaydi.

Apparat oltita elektrodvigatelda harakatlanadi, ular uchun energiya 500 kilovatt quvvatli generatorda ishlab chiqariladi. U esa M250 gaz turbinali dvigatelga ulangan.

Maksimal uchish uzoqligi 800 kilometrni tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, EVTOL besh nafar yo‘lovchi bilan soatiga 250 kilometr tezlikda parvoz qila oladi.

Hozircha Rolls-Royce uchish apparatining faqat 3D modeliga ega.

Rolls-Royce EVTOL’ni 2020-yilning o‘rtasiga borib seriyali ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda. Biroq yirik avikompaniyalarning ko‘magisiz bu jarayon ko‘proq vaqtni olishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют