» » “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qilindi

“Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qilindi


14-iyul kuni “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi, deb yozadi O‘zA.

Qarorda ta’kidlanganidek, 2014—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni moliyalashtirish uchun qariyb 800 milliard so‘m ajratilib, ularning natijalariga ko‘ra ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan 700 dan ortiq ixtiro patentlashtirildi.

Biroq, oxirgi 5 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan va patentlangan ixtirolar sonining yiliga 0,5 foizini tashkil etuvchi tijoratlashtirish darajasi yetarli emasligi, chop etilgan ilmiy maqolalar va yaratilgan intellektual mulk obyektlari soni ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari bo‘lib qolayotganligi ta’kidlandi.

Mahalliy ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni jadal joriy etishni ta’minlash, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini kuchaytirishda ilm-fan hissasini oshirish, shuningdek, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatning istiqbolli mahalliy yutuqlarini ilgari surishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida:

Quyidagilar ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda muassasalar deb yuritiladi) ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilandi:

respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini jadal va keng joriy etish;

fanlararo aloqalarni, shu jumladan, xalqaro fanlararo aloqalarni shakllantirish jarayonlarini rag‘batlantirish, qo‘shma dasturlar ishlab chiqish va jamoalarni yaratish;

ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning aniq vazifalarini hal etishga, shuningdek, ichki va tashqi bozorlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan amaliy natijalarni olishga yo‘naltirish;

yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yaratishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida innovatsion tadqiqotlarni olib borish;

tadqiqotlarni mamlakatni izchil rivojlantirish bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar va texnologiyalarni jadal ishlab chiqishga yo‘naltirish.

Quyidagilar ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning asosiy usullari etib belgilandi:

ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan foydalangan holda yaratilgan tovarlarni (bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki ushbu natijalardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;

tijorat tashkilotlarini tashkil etish, bunda ularning ta’sischilaridan biri ustav fondiga hissa sifatida intellektual mulk obyekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan muassasa (yoki ixtisoslashtirilgan affillangan tashkilot) hisoblanadi;

intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulk huquqlarini uchinchi shaxslarga o‘tkazish va mazkur obyektlardan foydalanish huquqini litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, shu jumladan, ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish.

Vazirlik va idoralar tomonidan shartnoma asosida xarid qilish orqali tijoratlashtiriladigan ishlanmalar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют