» » UzReport telekanali tez kunda yosh sport sharhlovchilari uchun ko‘rik-tanlov e’lon qiladi

UzReport telekanali tez kunda yosh sport sharhlovchilari uchun ko‘rik-tanlov e’lon qiladi


15-iyul kuni Rossiya yashil maydonlarida bir oy davom etgan futbol bo‘yicha har to‘rt yillikning eng muhim va katta musobaqasi bo‘lmish Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Finalda Fransiya termasi Xorvatiyani 4:2 hisobida yengib, o‘z tarixida ikkinchi bor Jahon chempioni bo‘ldi.

Kecha, 16-iyul kuni Toshkentda UzReport Axborot agentligi (UzReport-TV va Futbol-TV telekanallari) hamda Xalqaro press klub hamkorlikda “FIFA Jahon chempionati—2018: millionlar o‘yini, jonli translyatsiya va futbol zavqi” mavzusida matbuot anjumanini tashkil etdi.

Anjumanda agentlik bosh direktori Ravshanxon Jo‘rayev yaqin kunlarda yosh sport sharhlovchilarini tayyorlash, ularni saralash uchun ko‘rik-tanlov boshlanishi haqida “Daryo” muxbiriga ma’lum qildi.

“Biz yaqin orada yosh sport sharhlovchilarni tayyorlash, ularni sarlash bo‘yicha tanlov e’lon qilamiz. Bularning hammasi o‘zimizdagi iste’dodli yoshlarga imkoniyat berish uchun”,—dedi Ravshanxon Jo‘rayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют