» » Yangiyo‘llik tadbirkor MIB xodimiga 400 dollar pora taklif qildi

Yangiyo‘llik tadbirkor MIB xodimiga 400 dollar pora taklif qildi


Yangiyo‘llik tadbirkor Umid Teshayev (ism-sharifi o‘zgartirilgan) 16 sotixli issiqxonasidan har yili yaxshigina daromad oladi. Bu yil issiqxonasida parvarishlanayotgan bulg‘ori qalampirning rivoji baravj, hosil va daromad ham shunga yarasha bo‘lishi aniq edi, deya xabar beradi O‘zA.

Afsuski, Teshayevning fikri bunday bo‘lmadi. Issiqxona sarf-xarajatlarini qisqartirish yo‘li bilan daromadini yanada ko‘paytirishni maqsad qilib, uni gaz tarmog‘iga noqonuniy uladi. Rejalar risoladagidek ketayotgan bir paytda qaydandir bir yigit paydo bo‘lib, barchasini chippakka chiqardi. O‘zini Majburiy ijro byurosi Yangiyo‘l tumani bo‘limi inspektori Jasur Aslonov deb tanishtirgan xodimga gap uqtirib bo‘lmadi, “Qonuniy chora ko‘ramiz“dan nariga o‘tmaydi.

Teshayev qiyin ahvolga tushib qoldi. Axir inspektor jarima yozsa, daromadga putur yetadi. Noiloj, mavjud vaziyatni qayd etmasligi uchun MIB xodimiga 400 dollar pora taklif qildi.

Ushbu holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Yangiyo‘l tumani bo‘limi tezkor sho‘’ba inspektori Jasur Aslonov boshqarmaga xabar qildi. Boshqarma mas’ullari tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, tadbirkor Teshayev 400 dollarni pora tariqasida berayotgan paytda xolislar ishtirokida ushlanadi.

Prokuratura organlari tomonidan Teshayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumani sudida mazkur jinoiy ish ko‘rib chiqilib, Teshayevga nisbatan tegishli jazo choralari tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют