» » Tayvanlik qiz Google panoramalaridan marhum buvasini topdi

Tayvanlik qiz Google panoramalaridan marhum buvasini topdi


Tayvanning Chjanxua shahrida yashovchi Szya Szya U Google Street View panoramalaridan marhum buvasini topdi. Bu haqda BuzzFeed xabar bermoqda.

Szya Szya Uning buvasi 78 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. Qiz singlisi bilan birga suratlar albomini to‘plashga qaror qildi. Biroq buvasi hayotligida oilaviy suratlarga ko‘p tushmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Qiz marhum buvasining suratlarini internetdan qidira boshladi. Shahar ko‘chalarini Google Street View orqali ko‘zdan kechirishganda, panoramalarda buvasini yorqin sariq futbolkada qutilarni bo‘shatayotgan holatini topdi.

Szya Szya U mazkur voqeani Facebook’dagi guruhlardan birida bo‘lishdi. Hikoya bir necha kun ichida o‘n mingdan ortiq “layk” to‘pladi.

Google panoramasida qizning buvasi sabzavotlar qutilarini tashimoqda. U hayotining oxirgi yillarida uysiz kuchuklarni ovqatlantirib, ularni parvarish qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют