» » Samarqanddagi qator tibbiyot muassasalari rahbarlari vazifasidan ozod etildi

Samarqanddagi qator tibbiyot muassasalari rahbarlari vazifasidan ozod etildi


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish davom etmoqda. Kuni kecha Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi hamda Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxonasida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Murojaatlardagi har bir holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi xodimlari, Toshkent tibbiyot akademiyasi professorlari va Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbar-xodimlaridan iborat guruh o‘rganish ishlarini olib bordi.

Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi hamda Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxonasida o‘tkazilgan xizmat tekshiruvidan so‘ng tibbiyot muassasasining ayrim shifokor va hamshiralari o‘z xizmat vazifasi, aholi oldidagi burchiga panja ortidan qarab kelgani, ona va bola salomatligi, patronaj ishlari sust olib borilgani aniqlandi.

Davlat rahbarining onalik va bolalikni muhofaza qilish, patronaj ishlarini haqqoniy olib borish bo‘yicha bergan topshiriqlarini to‘la-to‘kis bajarmay, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi.

Xususan, Pastdarg‘om tumanidagi 28-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri T.Hakimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ushbu muassasaning akusher-ginekologi M.Rashidova, umumiy amaliyot shifokori Sh.Muhiddinova, patronaj hamshirasi G.Hasanova va doya D.Mardiyevaga nisbatan qat’iy intizomiy choralar ko‘rildi.

Shuningdek, Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxona bosh vrachi I.Hazratqulov, ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi D.Hasanova ona va bola salomatligiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun belgilangan tartibda egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Mazkur tug‘uruqxonaning yana bir guruh xodimlariga xizmat vazifasini lozim darajada bajarmay, bemor sog‘ligiga nisbatan beparvolik bilan yondashgani uchun qat’iy intizomiy choralar ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют