» » Amazon asoschisi zamonaning eng badavlat kishisi sifatida e’tirof etildi

Amazon asoschisi zamonaning eng badavlat kishisi sifatida e’tirof etildi


Amazon internet-riteylerining bosh ijrochi direktori Jeff Bezos dunyodagi eng badavlat tadbirkor bo‘ldi, deb xabar beradi “Vedomosti”.

Hozirda Bezosning boyligi 150 milliard dollar deya baholanmoqda, bu esa reytingning ikkinchi o‘rnini egallagan Microsoft asoschisi Bill Geytsning daromadidan 55 milliard dollarga ko‘p degani.

Bloomberg nashri iyul oyi avvalida ham Bezosni 142 milliard dollar mablag‘i bilan dunyodagi eng badavlat inson deb topgan edi.

Bezos hozirda 1999-yilda Geyts o‘rnatgan rekordni yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘shanda Microsoft asoschisining boyligi 100 milliard dollarlik ko‘rsatkichdan oshib ketgan edi.

Bezosning 150 milliard dollarlik daromadi, uni Forbes’da eng badavlat insonlar reytingi e’lon qilingan, 1982-yildan beri zamonaning eng badavlat kishisiga aylantirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют