» » Nukusda fuqaro murojaatini javobsiz qoldirgan mansabdor jazoga tortildi

Nukusda fuqaro murojaatini javobsiz qoldirgan mansabdor jazoga tortildi


Nukusda fuqaroning murojaatini javobsiz qoldirgan mansabdor jazoga tortildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi Nukus tuman Adliya bo‘limi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Fermer xo‘jaligi boshlig‘i S.A.ning 2018-yil 28-aprel kungi murojaatiga Nukus tumani hokimining o‘rinbosari, tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i B.I. uzoq vaqt javob bermay kelgan. Natijada S.A. Nukus tuman Adliya bo‘limiga murojaat qilgan va ish Kegeyli tumani Ma’muriy sudiga yuborilgan.

2018-yil 13-iyun kuni Kegeyli tumani Ma’muriy sudining sayyor sud majlisida B.I.ning ishi ko‘rib chiqilib, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 43-moddasi bilan hukm chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют