» » O‘zbekiston bosh prokuraturasi Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov hibsga olinganini inkor qildi

O‘zbekiston bosh prokuraturasi Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov hibsga olinganini inkor qildi


Bugun, 17-iyul kuni OAVda Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bosh prokuratura matbuot xizmati bu xabarlarni tasdiqlamadi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Xabarlarda sobiq hokim poraxo‘rlik va mansabni suiiste’mol qilishda ayblangan. Tegishli moddalar bo‘yicha unga nisbatan ish qo‘zg‘atilgani ham yozilgan edi.

Ammo bosh prokuratura bu axborotni rasman inkor etdi.

“Rasman bayon etamizki, biz Rahmonbek Usmonovni hibsga olmaganmiz, bizda buning uchun asos yo‘q. Shuningdek, aytishim mumkinki, sobiq hokimga qarshi hech qanday jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan”, — ma’lum qildi idora matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.

Ayni paytda bir haftacha oldin prokuratura Usmonov tomonidan turli yillarda imzolangan, yer uchastkalari ajratilishi haqidagi qarorlarni to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi. Lekin bosh prokuratura vakillari bu sobiq hokimni hibsga olish uchun asos bo‘lmasligini tushuntirdi.

Joriy yil aprelida Rahmonbek Usmonov poytaxt hokimligidan bo‘shatilib, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligiga boshliqning birinchi o‘rinbosari sifatida o‘tkazilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют