» » Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari huzurida sport klublari tashkil etiladi

Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari huzurida sport klublari tashkil etiladi


“Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari huzurida sport klublari tashkil etiladi.

Sport klublarining asosiy vazifasi etib, jumladan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 4 soat, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari uchun 6 soatdan sinfdan tashqari sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilandi.

Sport klubiga sport klubi tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan va faoliyat yuritayotgan o‘n yoshga to‘lgan o‘quvchilar, talabalar, pedagoglar va boshqa xodimlar ixtiyoriy a’zo bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют