» » Uorren Baffet xayriya uchun 3.4 milliard dollar yo‘naltirdi

Uorren Baffet xayriya uchun 3.4 milliard dollar yo‘naltirdi


Amerikalik milliarder Uorren Baffet o‘ziga tegishli Berkshire Hathaway investitsion kompaniyasi aksiyalari vositasida 3,4 milliard dollar miqdorida beshta jamg‘armaga xayriya qildi. Bu haqda kompaniya xabariga tayanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Baffet A sinfidagi 11,9 mingta aksiyasini B sinfidagi 17,8 millionta aksiyaga o‘tkazgan va joriy qiymati 3,4 milliard dollar bo‘lgan 17,7 mingta aksiyani xayriya qilgan.

Mablag‘larni qo‘lga kiritgan jamg‘armalar orasidan Billa va Melinda Geyts jamg‘armasi, milliarderning rafiqasi Syuzan Tompson Baffetning jamg‘armasi, uning qizi Syuzan Baffet tomonidan boshqarilayotgan Shervud jamg‘armasi, Govard Baffet jamg‘armasi va milliarderning o‘g‘liga tegishli NoVo jamg‘armasi o‘rin olgan.

Ta’kidlanishicha, Baffet hech qachon Berkshire aksiyalarini sotmagan. Biroq u allachaqon mablag‘larni turli jamg‘armalarga xayriya qilgan. Bugungi kunda milliarder tomonidan qilingan xayriyaning umumiy miqdori 31 milliard dollarni tashkil qiladi.

Ta’kidlanishicha, Baffet Berkshire’ning o‘ziga tegishli barcha aksiyalarini har yillik tuhfa yo‘li bilan xayriyaga yo‘naltirishni ko‘zlamoqda.

Berkshire Hathaway iqtisodiyotning sug‘urta va moliya, temiryo‘l transporti, energetika kabi turli sohalarida aktivlarga ega bo‘lgan xolding kompaniyasi hisoblanadi. 2018-yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra, kompaniya daromadi 58,473 milliard dollarni tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют