» » Google’ning Yevrokomissiya tomonidan rekord darajada jarimaga tortilishi kutilmoqda

Google’ning Yevrokomissiya tomonidan rekord darajada jarimaga tortilishi kutilmoqda


Yevrokomissiya joriy haftada Android operatsion tizimi bilan bog‘liq antimonopol ish doirasida Google kompaniyasi uchun jarima haqidagi qarorni e’lon qiladi. Bu haqda Euractiv nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Bir yil avval komissiya Google’ga qidiruv tizimi bozoridagi hukmronlik holatini suiiste’mol qilganlik uchun 2,4 milliard dollar miqdorida jarima belgilagan.

Taxmin qilinishicha, yangi jarima Android ishi qamrovining kengligi sababli o‘tgan yildagidan ko‘proq bo‘ladi.

Android bilan bog‘liq qaror Google’ga qarshi uchta antimonopol ish ichida eng muhimi hisoblanadi. Yevrokomissiyaning hisoblashicha, kompaniya smartfonlar uchun dasturlarda o‘zining har qanday raqibidan ko‘ra ko‘proq reklama joylashtira oladi.

Dastur yaratuvchilarga to‘lovlarning yuqoriligi, shuningdek, millionlab reklama beruvchilar bilan aloqalarning chuqurlashuvi Google’ni ko‘plab dasturlar uchun asosiy daromad manbaiga aylantirgan, chunki Yevropada Android dasturlarning 90 foizi Google Play’dan yuklab olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют