» » Floyd Meyuezer eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Floyd Meyuezer eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi


Forbes jurnali eng yuqori haq to‘lanadigan sportchilar va shou-biznes vakillari reytingini e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

2018-yilda reytingning birinchi pog‘onasini amerikalik bokschi Floyd Meyuezer egalladi. Reyting tuzuvchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, u bir yil ichida 285 million dollar ishlab topgan. Shundan 275 million dollarini Meyuezer Konor Makgregor bilan jangi uchun olgan.

Reytingning ikkinchi o‘rnini aktyor Jorj Kluni egallagan. U tekila ishlab chiqaradigan Casamigos kompaniyasini sotgani uchun 239 million dollar daromad ko‘rdi.

Reytingning uchinchi o‘rnidan Kim Kardashyanning singlisi, realiti-shou ishtirokchisi Kayli Jenner joy oldi. U 166,5 million dollar daromad qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют