» » O‘zbekistonda Botanika muzeyi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Botanika muzeyi tashkil etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjatni O‘zA e’lon qildi.

Mazkur qaror bilan Botanika instituti O‘zbekistonning tabiiy o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish sohasidagi yagona davlat ilmiy muassasa sifatida belgilandi.

Institutning noyob ilmiy obyekti — “Markaziy gerbariy” milliy ahamiyatga ega gerbariy deb tan olindi va unga “O‘zbekiston milliy gerbariysi” nomi berildi.

Institut tarkibida:

Noyob o‘simliklar turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi;

O‘zbekiston florasi laboratoriyasi;

Institutning ilmiy-tadqiqot va o‘quv-amaliy faoliyatidagi yutuqlarini ommalashtirish, shuningdek, keng jamoatchilikni O‘zbekistonning o‘ziga xos o‘simliklari xilma-xilligi bilan tanishtirish maqsadida Botanika muzeyi tashkil etiladi.

Ilmiy bo‘linmalarning yaxlitligini saqlab qolish va ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:

Institutning g‘o‘za sistematikasi va introduksiyasi laboratoriyasi, “G‘o‘za genofondi” noyob ilmiy obyekti va issiqxona kompleksi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutiga;

Institutning anatomiya va sitoembriologiya, daraxt va o‘t o‘simliklari introduksiyasi, shuningdek, dorivor o‘simliklar laboratoriyalari akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘iga o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют