» » “Barselona” 7 futbolchisini sotib yuborishi ma’lum bo‘ldi

“Barselona” 7 futbolchisini sotib yuborishi ma’lum bo‘ldi


Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yozgi transferlar vaqtida bir nechta o‘yinchisini sotib, mo‘may daromad olishga qarshi emas, deb yozadi Daily Mail.

Unga ko‘ra “Barselona” JCh—2018 da porlagan Yerri Mina sotuvidan 30 million yevro ishlab olmoqchi. Shuningdek, jamoaning ikkinchi darvozaboni Yasper Silessenni ham  shuncha mag‘lag evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Portugaliyalik yarim himoyachi Andre Gomesh 20 million yevro, himoyachi Aleysh Vidal esa klubni 8 million yevro evaziga tark etishi mumkin.

Shuningdek, jamoa Lyuka Din, Marlon va Rafinya kabi futbolchilarning transferidan 40 million yevro ishlamoqchi. Ma’lumot uchun klubni yaqinda braziliyalik yarim himoyachi Paulinyo tark etishga ulgurdi. U Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubiga yo‘l oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют