» » Toshkentda axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkentda axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi


Poytaxtdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida tashkil etilgan axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminarda O‘zbekistondagi 70 dan ortiq korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbir mamlakatdagi “Nihol” kompaniyalar guruhi, apparat va dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, yetkazib berish, axborot texnologiyalari hamda konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha dunyodagi yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan AQShning IBM kompaniyasi hamda “MUK” kompaniyalar guruhi hamkorligida tashkil etildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston korxonalari va davlat tashkilotlari kiberxavfsizligini ta’minlovchi mahalliy IT-mutaxassislar o‘rtasida kibertahdidlarga qarshi kurash va dasturiy ta’minotning zararli turlari paydo bo‘lishiga oid eng yangi tendensiyalar to‘g‘risida axborot tarqatishdan iboratdir.

Amaliy seminarning ochilishida so‘zga chiqqan IBM kompaniyasining mamlakatdagi vakolatxonasi rahbari O‘ktam Ergashev va “Nihol” kompaniyalar guruhi direktor o‘rinbosari Yelena Roman bugungi kunda axborot tizimlarini himoyalash masalalari O‘zbekiston idoralari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Axborot xavfsizligini ta’minlovchi tuzilmalar ishini to‘g‘ri rejalashtirish va tashkil qilish nafaqat hozir, balki kelajakda ham har qanday korxona muvaffaqiyatli faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘zbekiston IT-bozorida ko‘plab zamonaviy kibertahdidlardan yuqori darajada himoyalanish imkoniyatini beruvchi axborot xavfsizligi sohasidagi eng ilg‘or texnologiya va yechimlar namoyish etilgan.

Seminar dasturi ikki qismga ajratildi. Dastlab ishtirokchilar yirik xorijiy kompaniyalar tomonidan qo‘llanilayotgan xakerlar hujumlariga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi so‘nggi kibertahdidlar va uslublar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldi. “Nihol” va IBM kompaniyasi mutaxassislari O‘zbekistonda kiberxavfsizlik tahlili, ma’lumotlar bazasi xavfsizligida xavfsizlik va tejamkorlikni ta’minlash, infratuzilmani muhofaza qiladigan kognitiv texnologiyalarga oid ma’ruzalarini taqdim etdi.

Seminar qatnashchilari olgan nazariy bilimlarni amalda sinab ko‘rish maqsadida kiberhujum simulyatsiyasi tashkil etildi. Mahalliy kompaniya va davlat tashkilotlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislariga uning yechimini topish, so‘ngra hodisani tahlil qilib, kelajakda bu kabi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish vazifasi yuklatildi.

Seminar doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi eng yangi ishlanmalar namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют