» » Qoraytirilgan oynali avtotransport vositalari bo‘yicha qaror qabul qilindi

Qoraytirilgan oynali avtotransport vositalari bo‘yicha qaror qabul qilindi


Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Qarorga muvofiq:

2018-yil 1-avgustdan qoraytirilgan oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berildi;

oynalarni qoraytirish Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi;

oynalarni qoraytirish uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX)dan ruxsatnoma (1 yilga beriladi) olish kerak;

orqa oynani yorug‘lik o‘tkazuvchanlik besh foizdan kam bo‘lmagan (95 foizga qoraytirish), orqa yon oynalarni yorug‘lik o‘tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo‘lmagan (70 foizga qoraytirish) darajada o‘zgartirish mumkin;

old oynaning tepa qismini 14 santimetrdan ko‘p bo‘lmagan va yorug‘lik o‘tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo‘lmagan shaklda o‘zgartirish uchun ruxsatnoma shart emas;

xorijiy davlatlarning oynalari qoraytirilgan yengil avtotransport vositalarini O‘zbekistonga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lovlar:

jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m);

yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m);

xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so‘m).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют