» » FVV sel xavfidan ogohlantirdi

FVV sel xavfidan ogohlantirdi


FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi  19?21-iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.

To‘xtovsiz yog‘ishi oqibatida O‘zbekistonning janubiy qismida sel oqimining vujudga kelishi kuzatilgan. Natijada insonlarning qurbon bo‘lishi va bedarak yo‘qolishi kabi achinarli holatlar yuzaga kelgan. Bundan tashqari, uy-joy va qabriston hududlarini ham suv bosgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 12–17-may kunlarida respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi to‘g‘risidagi  ma’lumotlar tarqatilgan edi. Shunday bo‘lsa-da, kuchli sel baxtsiz hodisalarning  kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Jumladan:

13-may kuni Toshkentda uzluksiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, avtoyo‘llarda suv toshqini sodir bo‘lgan;

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida ham kuchli yomg‘ir oqibatida to‘rtta xo‘jalikda suv toshqini kuzatilgan;

14-may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida sel oqimi natijasida 62 xo‘jalikka zarar yetgan;

16-may kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yuz bergan favqulodda vaziyat oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.

Sel oqibatlarini bartaraf etishda jami 642 nafar inson hamda 200 ta texnika jalb qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют