» » Toshkent xalqaro aeroportida tilla yutgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

Toshkent xalqaro aeroportida tilla yutgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi


Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Hindistonga otlangan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida qonunbuzarlik holatini fosh etdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Aeroportdagi “yashil” yo‘lakdan foydalangan holda yurtimizdan chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro M.M.ning shubhali xatti-harakatlarini bojxonachilar o‘z vaqtida payqab qoldi.

O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik va tibbiy muolajalar natijasida esa ushbu shaxs umumiy narxi 23 million so‘mlik 100 gramm tilla quyma bo‘laklarini yutib olganligi va ularni noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lganligi oshkor bo‘ldi.

Toshkent xalqaro aeroportidagi avtoturargohda go‘yoki mehmonlarni kutib olishga chiqqan fuqaro P.A. esa zargarlik mahsulotlarini O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar olib kirishning antiqa usulini o‘ylab topdi.

U Turkiyadan qaytgan yo‘lovchilardan oldindan kelishilgan tilla buyumlarini yig‘ib olib, o‘zi boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida juftakni rostlamoqchi bo‘lganida, bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi.

Og‘irligi 689 grammni tashkil etuvchi, qiymati 151, 5 million so‘mlik zargarlik buyumlari esa qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют