» » Chirchiqdagi harbiy bilim yurtida kitob do‘koni ochildi. Harbiylar kitobxonlik tanlovida faol ishtirok etmoqda (foto)

Chirchiqdagi harbiy bilim yurtida kitob do‘koni ochildi. Harbiylar kitobxonlik tanlovida faol ishtirok etmoqda (foto)


Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “Kitob dunyosi” savdo majmuasi ochildi. Unda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Chirchiq shahar hokimi Qahramon Rashidov, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari bosh muharriri, shoir Sirojiddin Rauf, “Oila davrasida” gazetasi bosh muharriri Husniddin Berdiyev va boshqalar ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Bilim yurtidagi ushbu savdo majmuasi O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga binoan ochildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют