» » Britaniyalik erkak uni navbatda o‘tkazib yuborgan noma’lum ayol tufayli lotereya jekpotini yutib oldi

Britaniyalik erkak uni navbatda o‘tkazib yuborgan noma’lum ayol tufayli lotereya jekpotini yutib oldi


Buyuk Britaniyaning Ossett shahrida yashovchi Arron Uolshou Lotto Millionaire Raffle lotereyasida noma’lum ayolning unga joy bo‘shatib bergani tufayli yutuqli chiptani sotib oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Erkak kassa yopilishidan ikki daqiqa oldin boshqa xaridor ayol bilan u yerga yugurib kelgan. Uolshouning juda shoshilayotganini ko‘rgan noma’lum ayol uni o‘tkazib yuborgan va erkak chipta sotib olgan. Ertasi kuni erkak bir million funt sterling yutib olganini bilgan.

Yutib olingan pulni Uolshou o‘zining yaxshi ko‘rgan qizi bilan orzusidagi nikoh to‘yini o‘tkazishga sarflamoqchi. Shu bilan birga, u yutuqqa noma’lum ayolning xushmuomalaligi sababli erishganini tan olgan va uni topib, minnatdorchilik bildirishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 17) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют