» » “Qo‘qon-1912” AGMKni, “Paxtakor” “Qizilqum”ni mag‘lub etdi, “Nasaf” esa “Lokomotiv” oldida ojiz qoldi

“Qo‘qon-1912” AGMKni, “Paxtakor” “Qizilqum”ni mag‘lub etdi, “Nasaf” esa “Lokomotiv” oldida ojiz qoldi


Bugun, 18-iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 17-tur uchrashuvlariga start berildi. Kun taqvimidan odatga ko‘ra uch uchrashuv o‘rin olgandi. Ularning barchasi yakuniga yetdi.

Kunning dastlabki o‘yini Qo‘qonda mezbon “Qo‘qon-1912” hamda Olmaliqning AGMK jamoalari o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvda hisob 27-daqiqada ochildi. AGMK futbolchisi Vladimir Bubanya to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topgan Sherzod Qosimov olmaliqliklar darvozasiga penalti belgiladi. Uni qo‘qonliklarning shtatli penaltichisi Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirdi. 44-daqiqada Jasur Hakimovni olmaliqliklar yiqitdi degan qaror bilan Qosimov, ikkinchi penaltini ham belgiladi. Uni ham Murod hech qanday qiyinchiliksiz Pavel Matyash darvozasiga joylab qo‘ydi.

65-daqiqada birinchi bo‘limda ikkita penaltidan gol o‘tkazgan Pavel Matyash Qosimov tomonidan birinchi sariq kartochka bilan jazolandi. Pavel bunga javoban hakamga e’tiroz bildirdi va darhol ikkinchi sariqni ham o‘ziniki qildi. So‘ngra avtomatik ravishda qizilni olib, maydondan badarg‘a bo‘ldi. 72-daqiqada esa Suhrob Berdiyev “Qo‘qon-1912”ning penaltidan emas, o‘yindan urilgan goliga mualliflik qilib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

17-tur doirasida musobaqa peshqadami “Paxtakor” esa “Qizliqum” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 76-daqiqadasida Ivan Nagayev Eldor Suyunov darvozasini ishg‘ol qilib, “Qizilqum”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakuniga bir necha daqiqa qolgan mezbonlar darvozasi ikki bor ishg‘ol etildi.  Avvaliga Jasur Yaxshiboyev 90-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+4 daqiqada esa Tiago Bezerra “Paxtakor”ning navbatdagi g‘alabasini ta’minlagan golga mualliflik qildi.

Turning markaziy o‘yini esa Toshkentda mezbon “Lokomotiv” hamda Qarshining “Nasaf” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hisob 6-daqiqada Marat Bikmayev tomonidan ochildi. Qarshiliklar bu golga 23-daqiqada Sharof Muhitdinovning goli bilan javob berishdi.

Birinchi bo‘limda qo‘shib berilgan daqiqalarda Marat Bikmayev ikkinchi marta boshi bilan Quvvatov darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasini tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqib ketdi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘yish Marat Bikmayevga nasib etdi. Marat 63-daqiqada xet-trikka erishdi.

Pepsi Superliga

17-tur bellashuvlari

18-iyul, chorshanba

Gollar: 1:0—28, penalti Murod Xolmuhammedov, 2:0—44, penalti Murod Xolmuhammedov, 3:0— 72 Suhrob Berdiyev.

Gollar: 1:0— 76 Ivan Nagayev, 1:1—90 Jasur Yaxshiboyev, 1:2—90+4 Tiago Bezerra.

Gollar: 1:0—6 Marat Bikmayev, 1:1—23 Sharof Muhitdinov, 2:1—45 Marat Bikmayev, 3:1—63 Marat Bikmayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют