» » Lego kompaniyasi Jeyms Bondning avtomobilini yig‘di (foto va video)

Lego kompaniyasi Jeyms Bondning avtomobilini yig‘di (foto va video)


Lego kompaniyasi Jeyms Bondga tegishli avtomobilning aniq nusxasini yig‘di. Aston Matin DB5 konstruktori shaklida yig‘ilgan avtomobil 1956-yilda Goldfinger filmida namoyon bo‘lgan. Aynan shu mashinada filmning asosiy qahramoni Jeyms Bond harakatlangan, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Tarkibida sportkar bo‘lgan to‘plam 146 yevro narx bilan savdoga chiqarilgan. Konstruktor yig‘ish uchun juda murakkab hisoblanadi.

Mashinaning o‘lchamlari 10 ga 34 santimetrni, masshtabi esa haqiqiy Aston Martin’ga nisbatan 1:8 ni tashkil qiladi.

To‘plamdan 1290 ta kubik va detal o‘rin olgan. U Lego Technic seriyasiga kiradi va konstruktor murakkabligining yuqori darajasini namoyon qiladi.

Shuningdek, model radar, aylanuvchi raqam belgilari, ikkita pulemyot va o‘qqa qarshi zirh bilan jihozlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют