» » Buxoro muhandislik-texnologiya institutining ikki o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining ikki o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushdi


Buxoro shahrida yashovchi ayol viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ishlaydigan “Ibod” ismli o‘qituvchi qizi Sh. Karimovani ushbu institut qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kiritish evaziga 300 dollar pora talab qilyotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Buxoro viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi viloyat IIB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Ibodullo Sohibov hamda uning hamkasbi Faxriddin Barakayev Buxoro shahridagi “Turon” to‘yxonasi oldida joylashgan oshxonada arizachidan 300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют