» » Samarqand viloyati hokimligida Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 54-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand viloyati hokimligida Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 54-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda


Sessiyada viloyat hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar, huquqni muxofaza qiluvchi organlar, siyosiy partiyalarning viloyat Kengashi rahbarlari tuman, shahar prokurorlari va ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va OAV vakillari ishtirok etmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Sessiyada Samarqand viloyat hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Jo‘rayev “Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash borasidagi 2018-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti” tinglanmoqda.

Viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va qulayliklarini oshirish, axborot-texnologiyalarni joriy qilish maqsadida 11 ta shahar oilaviy poliklinikalarida, barcha tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda elektron poliklinikalar joriy qilingan.

43 ta qishloq oilaviy poliklinikalardan 11 tasi Samarqand shahridagi 11 ta oilaviy poliklinikalarning 2 tasi manzilli dastur asosida homiylar mablag‘i hisobidan ta’mirdan chiqarilgan.

Tez tibbiy yordam xizmatida dori vositalari xarid qilish maqsadida 2017-yilda 912 million 962 ming so‘m ajratilgan, o‘rtacha har bir chaqiriqqa 1585.3 so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

2018-yilda bu ko‘rsatgich 3 barobarga oshirilgan va har bir chaqiriq 5000 so‘mdan rejalashtirilib, jami 2 milliard 826 million so‘m mablag‘ sarflangan.

Sessiya davom etmoqda...



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют