» » O‘zbekistonda arzon uy-joylar uchun dastlabki badal summasi kamaytirildi

O‘zbekistonda arzon uy-joylar uchun dastlabki badal summasi kamaytirildi


O‘zbekiston Prezidentining 2018-yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq arzon uy-joylarning dastlabki badali quyidagicha belgilandi:

1) Qishloq joylarda:

0,02 gektar o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) va 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar uchun 10 foiz miqdorida;

0,04 gektar o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 gektar o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3, 4 va 5 xonali arzon uy-joylar uchun 25 foiz miqdorida.

2) Shaharlarda dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdorini amaliyotga joriy etgan holda o‘rtacha 15 foiz miqdorida.

Mazkur ipoteka kreditlari 2018-yil 1-iyuldan 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.

Shu kunga qadar arzon uy-joylar uchun dastlabki badal  sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 25 foizini tashkil etishi lozim edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют